Oxirgi yangilanish sanasi: 02.10.2026 • Versiya: 2.2
Ushbu hujjat DO'KON Express mobil ilovasi va Telegram botidan foydalanish, akkaunt, buyurtma va yetkazib berish jarayonlari, bonus va taklif dasturi, qo‘llab-quvvatlash, fikr-mulohaza va baholash funksiyalari, shuningdek shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash va akkauntni o‘chirish tartibini tushuntiradi.
2.2 versiyada yangilangan: ilova tilini tanlash, faol buyurtmaga mahsulot qo‘shish, oldindan buyurtma, promo-kodlar, qo‘llab-quvvatlash va fikr-mulohaza, buyurtma hamda kuryerni baholash, shuningdek server so‘rovlari asosidagi xizmat faolligi haqidagi tushuntirishlar.
1. UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati (keyingi o‘rinlarda — “Siyosat”) DO'KON Express mobil ilovasi va Telegram botiga nisbatan qo‘llanadi.
Ilova yoki botdan foydalanish orqali foydalanuvchi ushbu Siyosat bilan tanishganini va unda ko‘rsatilgan tartibda ma’lumotlar qayta ishlanishiga rozilik bildiradi. Foydalanuvchi ruxsatlarni telefon sozlamalarida boshqarishi va roziligini qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda bekor qilishi mumkin.
2. ILOVADAN FOYDALANISH VA AKKAUNT
Katalogni ko‘rish va ilovaning ayrim ochiq bo‘limlaridan foydalanish uchun akkauntga kirish majburiy emas. Buyurtma berish, profilni saqlash, manzillar, sevimli mahsulotlar, buyurtmalar tarixi, bonuslar va taklif dasturidan foydalanish uchun telefon raqami orqali akkaunt yaratish yoki tizimga kirish talab qilinishi mumkin.
Foydalanuvchi ilova interfeysi tilini mavjud tillardan tanlashi mumkin. Tanlangan til ilova interfeysini va serverdan olinadigan ayrim matnlarni mos tilda ko‘rsatish uchun saqlanishi yoki so‘rovlar tarkibida qayta ishlanishi mumkin.
2.1. SMS orqali tasdiqlash
Telefon raqami foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish, aniqlash va tizimga xavfsiz kirish uchun ishlatiladi.
Bir martalik tasdiqlash kodi SMS orqali yuboriladi.
Ilova foydalanuvchining shaxsiy SMS yozishmalarini o‘qimaydi va saqlamaydi.
Kod foydalanuvchi tomonidan kiritilishi yoki operatsion tizimning xavfsiz avtomatik tasdiqlash mexanizmi orqali olinishi mumkin.
Xavfsizlik uchun kirish urinishlari, IP-manzil, qurilma identifikatori va texnik jurnal ma’lumotlari vaqtincha qayd etilishi mumkin.
3. YIG‘ILADIGAN VA QAYTA ISHLANADIGAN MA’LUMOTLAR
Foydalanuvchi tanlagan funksiyalarga qarab quyidagi ma’lumotlar qayta ishlanishi mumkin:
3.1. Akkaunt va aloqa ma’lumotlari
telefon raqami;
ism va familiya;
qo‘shimcha aloqa raqami, agar foydalanuvchi kiritsa;
ichki foydalanuvchi identifikatori va avtorizatsiya tokeni;
Telegram botidan foydalanilganda Telegram ID va Telegramdagi profil nomi.
3.2. Yetkazib berish ma’lumotlari
yetkazib berish manzili;
uy, ish yoki boshqa saqlangan manzil turi yoki nomi;
kvartira, kirish, qavat, mo‘ljal va buyurtma izohi kabi foydalanuvchi kiritgan ma’lumotlar;
foydalanuvchi ruxsat berganda aniq yoki taxminiy geolokatsiya va xaritada tanlangan koordinatalar.
3.3. Buyurtma, to‘lov va chegirma ma’lumotlari
buyurtma tarkibi, miqdori, narxi, chegirma va umumiy summa;
tanlangan to‘lov usuli, bonusdan foydalanish miqdori va to‘lanadigan summa;
buyurtma holati, buyurtmaga biriktirilgan kuryer va buyurtmalar tarixi;
oldindan buyurtma berilganda tanlangan sana va vaqt oralig‘i;
faol buyurtmaga keyinchalik qo‘shilgan mahsulotlar, ularning miqdori, narxi, qo‘shilgan vaqti va buyurtma summasidagi tegishli o‘zgarishlar;
promo-kod, qo‘llangan chegirma, promo-koddan foydalanish holati va tegishli texnik yozuvlar;
savat, sevimli mahsulotlar va foydalanuvchi tanlovlari;
bonus balansi, bonus operatsiyalari, sodiqlik darajasi, referal kodi va taklif mukofotlari.
Bank karta ma’lumotlari: DO'KON Express ilovasi faqat foydalanuvchi tanlagan to‘lov usulini qayd etishi mumkin. Ilova to‘liq bank karta raqami, CVV/CVC kodi yoki internet-banking parolini so‘ramaydi va saqlamaydi.
3.4. Qo‘llab-quvvatlash, fikr-mulohaza va baholash ma’lumotlari
qo‘llab-quvvatlash chatidagi xabarlar, tanlangan murojaat toifasi, murojaat bilan bog‘langan buyurtma va xabar vaqti;
foydalanuvchi o‘zi taqdim etsa, qo‘llab-quvvatlash uchun telefon raqami va biriktirilgan fayllar;
taklif, istak, shikoyat yoki boshqa fikr-mulohaza matni;
buyurtmaga berilgan baho, izoh hamda tegishli buyurtma identifikatori;
kuryerga berilgan baho va tegishli kuryer identifikatori.
Hisobga kirmagan foydalanuvchi qo‘llab-quvvatlashga telefon raqamini o‘zi kiritishi mumkin. Bunday raqam SMS orqali tasdiqlanmagan bo‘lishi mumkin va faqat murojaatni ko‘rib chiqish uchun ishlatiladi.
Anonim fikr-mulohaza: agar tizimda “anonim” rejim mavjud bo‘lsa, avtorizatsiyadan o‘tgan foydalanuvchining ichki identifikatori xavfsizlik, suiiste’molning oldini olish va xizmat sifatini ta’minlash maqsadida texnik tarzda saqlanishi mumkin. Bunday aloqa oddiy ma’muriy ko‘rinishda foydalanuvchini oshkor qilish uchun ishlatilmaydi. Hisobga kirmagan foydalanuvchining anonim murojaatida foydalanuvchi identifikatori mavjud bo‘lmasligi mumkin.
3.5. Qurilma, til va xizmatdan foydalanish ma’lumotlari
qurilma modeli, operatsion tizim versiyasi va ilova versiyasi;
foydalanuvchi tanlagan til sozlamasi;
push xabarnoma tokeni;
IP-manzil, server so‘rovlari va xavfsizlik jurnallari;
nosozliklar, ishlash va diagnostika ma’lumotlari;
ilovaning server bilan odatiy ishlashi asosida oxirgi faollik va umumlashtirilgan foydalanish faolligi haqidagi texnik ma’lumotlar.
Faollik ma’lumotlari ilova odatiy funksiyalarni bajarayotganda serverga yuborilgan so‘rovlar asosida shakllantiriladi. DO'KON Express ilova foydalanuvchi ekranida har bir soniya ochiq turganini alohida va uzluksiz kuzatmaydi. Server so‘rovi bo‘lmagan davrda foydalanuvchining ilovada aynan nima qilayotganini aniqlashning imkoni bo‘lmasligi mumkin.
Telefon raqami, profil, manzil, geolokatsiya, qo‘llab-quvvatlash ma’lumotlari va baholar faqat tegishli funksiyadan foydalanilganda yoki foydalanuvchi ularni taqdim etganda qayta ishlanadi.
4. MA’LUMOTLARNI QAYTA ISHLASH MAQSADLARI
SMS orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, tizimga kirish va akkaunt xavfsizligini ta’minlash;
foydalanuvchi tanlagan til va sozlamalarga mos xizmat ko‘rsatish;
buyurtmalarni qabul qilish, tayyorlash, o‘zgartirish, oldindan rejalashtirish, yetkazib berish va holatini ko‘rsatish;
faol buyurtmaga mahsulot qo‘shish va buyurtma summasini to‘g‘ri qayta hisoblash;
promo-kod, chegirma, bonus va referal dasturlarini qo‘llash hamda suiiste’molning oldini olish;
foydalanuvchi bilan buyurtma yoki xizmat masalalari bo‘yicha aloqa qilish va qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatish;
taklif, fikr-mulohaza, buyurtma va kuryer baholarini qabul qilish hamda xizmat sifatini yaxshilash;
saqlangan manzillar, sevimlilar, savat, profil va buyurtmalar tarixini taqdim etish;
bonuslarni hisoblash, ishlatish, qaytarish, amal qilish muddatini nazorat qilish va referal mukofotlarini boshqarish;
buyurtma holati, muhim xizmat xabarlari va foydalanuvchi ruxsat bergan boshqa bildirishnomalarni yuborish;
xavfsizlik, firibgarlik, noqonuniy kirish, takroriy yoki zararli so‘rovlarni aniqlash va oldini olish;
xizmatdan foydalanish faolligini umumlashtirilgan tarzda tahlil qilish, xatolarni aniqlash, ilova barqarorligi va xizmat sifatini yaxshilash;
amaldagi qonunchilik, sud yoki vakolatli davlat organlarining qonuniy talablarini bajarish.
5. MA’LUMOTLARNI UCHINCHI TOMONLARGA BERISH VA XIZMAT KO‘RSATUVCHILAR
DO'KON Express ma’lumotlarni faqat xizmatni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hajmda quyidagi toifadagi qabul qiluvchilar bilan qayta ishlashi yoki ularga uzatishi mumkin:
SMS provayderi (Eskiz) — bir martalik tasdiqlash kodini yuborish uchun telefon raqami va SMS yetkazib berishga zarur texnik ma’lumotlar;
Firebase xizmatlari — push xabarnomalar, qurilma tokeni va tegishli texnik ma’lumotlar;
kuryer va buyurtmani bajaruvchi xodimlar — ism, aloqa raqami, manzil, geolokatsiya, buyurtma tarkibi va izohi kabi yetkazib berish uchun zarur minimal ma’lumotlar;
server, hosting va texnik xizmat ko‘rsatuvchilar — ilova ishlashi, ma’lumotlarni saqlash, zaxiralash va xavfsizlikni ta’minlash uchun;
vakolatli davlat organlari — qonuniy va majburiy talab mavjud bo‘lganda.
Xizmat ko‘rsatuvchilarga faqat o‘z vazifasini bajarish uchun zarur ma’lumotlar beriladi. DO'KON Express foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini sotmaydi.
6. BONUS, SODIQLIK VA TAKLIF DASTURI
Bonuslarning huquqiy maqomi:
bonuslar foydalanuvchining pul mablag‘i, mol-mulki yoki DO'KON Express oldidagi qarzdorligi hisoblanmaydi.
Bonuslar DO'KON Express tomonidan boshqariladigan shartli rag‘batlantirish birliklari bo‘lib,
foydalanuvchiga faqat dastur qoidalari doirasida ulardan foydalanish huquqini beradi.
Bonuslar buyurtma, aksiya, kompensatsiya, sovg‘a yoki taklif dasturi shartlari asosida berilishi mumkin.
Foydalanuvchi akkauntidagi bonus qoldig‘i yetarli bo‘lsa, bonuslardan ilovada belgilangan tartib va cheklovlar asosida buyurtma summasining bir qismini yoki ruxsat etilgan hollarda to‘liq summani qoplash uchun foydalanishi mumkin.
Bonuslar naqd pulga tenglashtirilmaydi, bank hisobiga yoki kartaga chiqarilmaydi, sotilmaydi, meros qilib qoldirilmaydi va boshqa foydalanuvchiga o‘tkazilmaydi, agar alohida yozma aksiya shartlarida boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
Bonuslar bo‘yicha hisoblangan qiymat faqat DO'KON Express xizmatlari doirasida va amaldagi dastur qoidalariga muvofiq qo‘llanadi.
Bonuslarni hisoblash va ishlatish nisbati, amal qilish muddati, minimal buyurtma miqdori, mahsulot yoki toifa bo‘yicha cheklovlar hamda maksimal foydalanish foizi ilovada yoki aksiya shartlarida ko‘rsatilishi mumkin.
Buyurtma bekor qilinganda, qaytarilganda yoki o‘zgartirilganda ishlatilgan yoki hisoblangan bonuslar amaldagi qoidalarga muvofiq qayta hisoblanishi, qaytarilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Referal mukofoti taklif qilingan foydalanuvchi belgilangan shartlarni bajargandan keyin hisoblanadi.
6.1. Bonuslarni bekor qilish yoki tuzatish
DO'KON Express quyidagi asosli holatlarda bonuslarni to‘liq yoki qisman bekor qilish,
kamaytirish, muzlatish, qayta hisoblash yoki ularning amal qilish muddatini yakunlash huquqiga ega:
bonus xato, texnik nosozlik yoki noto‘g‘ri hisob-kitob natijasida berilgan bo‘lsa;
buyurtma bekor qilingan, qaytarilgan, to‘liq to‘lanmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
firibgarlik, soxta akkauntlar, bir shaxs tomonidan takroriy ro‘yxatdan o‘tish, referal tizimidan yoki bonus dasturidan suiiste’mol qilish aniqlansa;
foydalanuvchi ushbu Siyosat, bonus dasturi qoidalari yoki amaldagi qonunchilik talablarini buzsa;
bonusning e’lon qilingan amal qilish muddati tugasa yoki tegishli aksiya yakunlansa;
akkaunt o‘chirilsa, bloklansa yoki xavfsizlik maqsadida vaqtincha cheklansa;
qonunchilik, vakolatli davlat organi talabi yoki tizim xavfsizligini ta’minlash zarurati yuzaga kelsa.
Imkon qadar, bonus shartlaridagi muhim o‘zgarishlar yoki bonuslarning ommaviy bekor qilinishi
haqida foydalanuvchilarga ilova, bildirishnoma yoki boshqa mavjud aloqa kanali orqali ma’lumot beriladi.
Oldindan xabardor qilish firibgarlikning oldini olish, xavfsizlik, texnik nosozlik yoki qonuniy talab sababli
mumkin bo‘lmagan holatlar bundan mustasno.
Bonus dasturi DO'KON Express tomonidan o‘zgartirilishi, vaqtincha to‘xtatilishi yoki yakunlanishi mumkin.
Bunday o‘zgarishlar ushbu Siyosat, ilovadagi bonus qoidalari yoki alohida aksiya shartlarida e’lon qilinadi.
7. QO‘LLAB-QUVVATLASH, FIKR-MULOHAZA VA BAHOLASH
Qo‘llab-quvvatlash murojaati foydalanuvchi akkauntiga yoki, zarur bo‘lsa, ma’lum buyurtmaga bog‘lanishi mumkin. Hisobga kirmagan foydalanuvchi ham kirish yoki SMS bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha yordam so‘rashi mumkin.
Yopilgan qo‘llab-quvvatlash murojaati va unga tegishli xabarlar odatda yopilgan kundan boshlab 7 kun davomida saqlanishi, keyin esa o‘chirilishi mumkin. Qonunchilik, xavfsizlik, firibgarlikning oldini olish yoki nizoni hal qilish uchun saqlash zarur bo‘lgan holatlar bundan mustasno.
Buyurtma va kuryer baholari xizmat sifatini nazorat qilish va yaxshilash uchun tegishli buyurtma bilan bog‘langan holda saqlanishi mumkin. Baholash funksiyasi ilovadagi amaldagi qoidalarga muvofiq bir martalik bo‘lishi mumkin.
8. MA’LUMOTLARNI SAQLASH VA HIMOYA QILISH
Ma’lumotlar himoyalangan serverlarda saqlanadi va uzatishda HTTPS kabi texnik himoya choralaridan foydalaniladi. Kirish huquqlari cheklanadi, xavfsizlik jurnallari yuritiladi va ruxsatsiz kirish, o‘zgartirish, yo‘qotish yoki tarqatishning oldini olish uchun tashkiliy hamda texnik choralar qo‘llanadi.
Ma’lumotlar akkaunt faol bo‘lgan davrda va xizmatni ko‘rsatish uchun zarur muddatda saqlanadi. Buyurtma, to‘lov, chegirma, bonus, baholash, hisob-kitob, xavfsizlik yoki nizolar bilan bog‘liq ayrim yozuvlar qonunchilik, firibgarlikning oldini olish yoki huquqiy talablarni bajarish uchun zarur muddat davomida saqlanishi, keyin o‘chirilishi yoki shaxssizlantirilishi mumkin.
Internet orqali uzatishning mutlaq xavfsizligini kafolatlab bo‘lmaydi, biroq DO'KON Express xavfni kamaytirish uchun oqilona va zamonaviy choralarni qo‘llaydi.
9. FOYDALANUVCHI HUQUQLARI VA TANLOVLARI
Foydalanuvchi quyidagi huquqlarga ega:
o‘z profil va akkaunt ma’lumotlarini ko‘rish hamda yangilash;
qayta ishlanayotgan shaxsiy ma’lumotlar haqida ma’lumot so‘rash;
noto‘g‘ri ma’lumotlarni tuzatishni so‘rash;
qonuniy asos mavjud bo‘lmaganda ma’lumotlarni o‘chirish yoki qayta ishlashni cheklashni so‘rash;
rozilikka asoslangan qayta ishlash bo‘yicha roziligini bekor qilish;
geolokatsiya va push xabarnoma ruxsatlarini telefon sozlamalarida o‘chirish;
ilova tilini mavjud variantlar orasidan o‘zgartirish;
marketing yoki ixtiyoriy xabarnomalardan voz kechish, bunda buyurtma va xavfsizlikka oid zarur xizmat xabarlari saqlanishi mumkin.
10. AKKAUNT VA MA’LUMOTLARNI O‘CHIRISH
Akkauntni o‘chirish so‘rovini yuborish: foydalanuvchi ilovadagi akkauntni o‘chirish funksiyasidan foydalanishi yoki quyidagi aloqa kanallaridan biri orqali so‘rov yuborishi mumkin. So‘rovda akkauntga bog‘langan telefon raqamini ko‘rsatish kerak.
Foydalanuvchi akkauntga bog‘langan telefon raqami bilan so‘rov yuboradi.
Begona shaxs tomonidan o‘chirishning oldini olish uchun telefon raqami, SMS tasdiqlash yoki boshqa xavfsiz usul bilan shaxs tasdiqlanishi mumkin.
Tasdiqlangandan keyin akkaunt, profil, saqlangan manzillar, sevimlilar, bonus va referal ma’lumotlari o‘chiriladi yoki shaxssizlantiriladi.
Qonunchilik, hisob-kitob, firibgarlikning oldini olish, nizolarni hal qilish yoki xavfsizlik uchun zarur ayrim buyurtma, baholash va jurnal yozuvlari cheklangan muddat saqlanishi mumkin.
Faqat ilovani qurilmadan o‘chirish akkaunt va serverdagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda o‘chirmaydi. Buning uchun yuqoridagi tartibda alohida so‘rov yuborish kerak.
11. FOYDALANISH QOIDALARI VA MAS’ULIYAT
Foydalanuvchi:
to‘g‘ri va aniq ma’lumot taqdim etishi;
boshqa shaxsning telefon raqami yoki akkauntidan ruxsatsiz foydalanmasligi;
bir martalik kod, token yoki akkauntga kirish imkonini boshqa shaxslarga bermasligi;
ilovadan noqonuniy maqsadlarda, firibgarlik yoki tizimga zarar yetkazish uchun foydalanmasligi;
buyurtma va yetkazib berish bo‘yicha haqiqiy manzil hamda aloqa ma’lumotlarini ko‘rsatishi shart.
DO'KON Express internet, mobil aloqa, uchinchi tomon servislaridagi uzilishlar, foydalanuvchi qurilmasidagi nosozliklar yoki fors-major holatlar sababli yuzaga kelgan vaqtinchalik uzilishlar uchun qonunchilikda ruxsat etilgan darajada javobgar bo‘lmasligi mumkin.
12. SIYOSATNI O‘ZGARTIRISH
DO'KON Express xizmatlar, qonunchilik yoki ma’lumotlarni qayta ishlash amaliyoti o‘zgarganda ushbu Siyosatni yangilashi mumkin. Muhim o‘zgarishlar ilovada, veb-sahifada yoki boshqa mavjud aloqa kanali orqali e’lon qilinishi mumkin.
Yangilangan versiyada “Oxirgi yangilanish sanasi” va versiya raqami ko‘rsatiladi. Zarur hollarda foydalanuvchidan yangi versiyani tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
13. ALOQA MA’LUMOTLARI
Maxfiylik, shaxsiy ma’lumotlar, akkauntni o‘chirish yoki ushbu Siyosat bo‘yicha savollar uchun: